12 mar 10:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Eagle FC 46 turnirining markaziy jangi to'liq davom etdi + FOTO
Xabar berganimizdek, bugun tongda AQSHning Florida shtati Mayami shahrida Xabib Nurmagomedovga tegishli Eagle FC promoushenining navbatdagi turniri bo'lib o'tdi.
Eagle FC 46 oqshomining markaziy to'qnashuvida amerikalik sobiq UFC jangchisi Kevin Li 40 yoshli vatandoshi Diego Sanchesga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Super engil vazn toifasidagi jang to'liq davom etdi va yakunda hakamlar Kevin Lining g'alabasini taminlashdi — 30-27, 30-27, 30-27.
Li oxirgi 5 ta jangining 4 tasida mag'lubiyatga uchragan edi. Sanches esa oxirgi 6 ta jangining 4 tasida mag'lubiyat alamini totib ko'rgandi. Bugun Kevin MMAdagi 19-g'alabasini tantana qildi. Hisobidagi mag'lubiyatlari soni 9 taligicha qoldi. Sanches esa bugun 14-mag'lubiyatini qabul qilib odi. Hisobida 33 ta g'alaba bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar