12 mar 10:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Eagle FC. Firdavs Hasanov ishtirokidagi jang ikkinchi raundda yakunlandi + FOTO
Bugun tongda Xabib Nurmagomedovga tegishli Eagle FC promoushenining navbatdagi turniri bo'lib o'tdi.
AQSHning Mayami shahrida tashkil etilgan oqshomda o'zbekistonlik MMAchi Firdavs Hasanov ham oktagonga ko'tarildi. Hamyurtimiz amerikalik 33 yoshli Irvin Riveraga qarshi jang o'tkazdi.
Afsuski, jangning ikkinchi raundida Rivera kuchli va aniq zarba evaziga Hasanovni nokautga uchratdi. Firdavs yanvar oyidagi Eagle FC turnirida AQSH vakili SHaun Banchga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ygan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar