08 may 08:08
Yangiliklar
Futbol

ECHL. Ikkinchi o'yinda ham "Arsenal"ni mag'lub etgan PSJ finalga chiqdi + VIDEO
"Arsenal" Evropa CHempionlar Ligasi yarim finalining javob o'yinida PSJ maydonida 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
Bu ikki o'yin natijasiga ko'ra 3:1 hisobida g'alaba qozongan "Pari Sen-Jermen" jamoasi bo'ldi. Endi "Alyanc Arena" mezbonligidagi 31 may kungi finalda PSJ – "Inter" to'qnashuviga guvoh bo'lamiz. CHempionlar Ligasi finali 31 may kuni Myunxenda bo'lib o'tadi.
CHempionlar Ligasi. 1/2 final. Javob uchrashuvi
PSJ – "Arsenal" 2:1
Parij. "Park de Prens" stadioni
Gollar: Fabian Ruis 27, Ashraf Hakimi 72' – Bukayo Saka 76'
Amalga oshirilmagan penalti: Vitinya 69' (darvozabon)
PSJ: Janluiji Donnarumma, Ashraf Hakimi, Markinos, Vilyan Pacho, Nunu Mendesh (Gonsalu Ramush, 88), Joau Nevesh, Vitinya, Fabian Ruis, Bredli Barkolya (Usmon Dembele, 70), Xvicha Kvaracxeliya, Dezire Due (Lyuka Ernandes, 74).
"Arsenal": David Rayya, Yurrien Timber (Ben Uayt, 83), Uilyam Saliba, Yakub Kivyor, Mayls Lyuis-Skelli (Rikkardo Kalafori, 68), Deklan Rays, Tomas Parti, Martin Edegor, Bukayo Saka, Gabriel Martinelli (Laendro Trossard, 68), Mikel Merino.
Ogohlantirishlar: Nunu Mendesh (18), Deklan Rays (26), Mayls Lyuis-Skelli (56), Rikkardo Kalafori (86), Xvicha Kvaracxeliya (86), Bukayo Saka (86).
Birinchi uchrashuv: 1:0
Havola :
Fikrlar