29 mar 19:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Xirn Aleksandr Usikka faoliyatini tugatishni maslahat berdi
Taniqli promouter Eddi Xirn Aleksandr Usikka boksdan ketish uchun qulay fursat kelganini aytdi.
"Menimcha, Usik endi faoliyatini yakunlashi kerak. Faqat tasavvur qiling – mag'lubiyatsiz tarzda ketish, ikki xil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo'lish!
Jozef Parker bilan jang? Unga nima beradi? Daniel Dyubua bilan yana bir jang? Bu hech qanday manoga ega emas.
Pullar? Gonorarlar endi bunchalik katta bo'lmaydi. Albatta, faoliyatingdagi eng yaxshi ikki jangdan so'ng ketish qiyin. Boksni juda yaxshi ko'rsang, xayrlashish qiyin bo'ladi. Ammo, hozir ketish uchun eng ideal vaqt", – dedi Xirn.
Havola :
Manba : iFL TV
Fikrlar