24 may 15:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Xirn Dillian Uaytning qachon qaytishini aytdi
Superog'ir vaznda WBC chempioni Dillian Uayt (28-2, 18 KO) tez orada ringga qaytadi.
Bu haqida promouter Eddi Xirn malum qildi.
"Biz iyul oyini reja qilgandik. Ammo, hammasi avgust yoki sentyabr boshlariga qarab ketmoqda. Jang esa Amerikada bo'ladi. Ko'pchilik jangchilar g'alabalardan keyin bir necha hafta dam olib ringga, mashg'ulotlarga qaytishni o'ylashadi. Ammo, amalda ular ko'proq dam olishlari lozimligini tushunib etishadi.
Biz Dillianga Arreola variantini ko'rib chiqmoqdamiz. Sababi, Arreola Endi Ruiz bilan ajoyib jang o'tkazdi. U kuchli raqib bo'lishi mumkin", -dedi Eddi Xirn.
Eslatib o'tamiz, Dillian Uayt mart oyida Povetkinni nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar