10 noy 07:51
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/22347_220.jpg)
Eddi Xirn: “Joshua – Uaylder jangi 2018 yilda o'tkaziladi”
Superog'ir vazn toifasida ikki yo'nalish chempioni Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirnning xabar berishicha, WBC chempioni Deontey Uaylder bilan muzokaralar boshlangan.
“Biz Uaylderning jamoasi bilan muzokaralarni boshladik. Bir narsani aniq ayta olaman, uzoq kutilayotgan kamarlarni birlashtiruvchi chempionlik jangi 2018 yilda o'tkaziladi. Bu muxlislar uchun ajoyib yangilik. Tez orada jang sanasini ham elon qilamiz”, – dedi Xirn.
Malumot uchun, har ikki chempion bokschi ham ushbu jangning tashkil qilinishini istashayotganini o'z intervyularida malum qilishgan.
Havola :
Fikrlar