So’nggi yangiliklar

19:02Шавкат Раҳмонов қачон октагонга қайтишини айтди 0 18:39"UFC 318 турнири у учун ташкил этилмоқда" — Дана Уайт 0 18:17Усман: "Бундан қутилишим керак эди" 0 17:53Бэйл Англия клуби эгаларидан бирига айланиши мумкин 0 17:26Махачевнинг мураббийи: "Яримўрта вазнга ўтиш режаси Топурия пайдо бўлгунича ҳам бор эди" 0 17:01Топурия – Оливейра тўқнашуви учун захира жангчиси маълум 0 16:38Германияда ҳали мағлубиятга учрамаган боксчи ўлдириб кетилди 0 16:16Уч нафар ўзбекистонлик футболчи Англия клубида кўрикдан ўтиш учун жўнаб кетди 0 15:52UFC on ESPN 69 турнири иштирокчилари гонорарлари эълон қилинди: Усманда энг кўпи эмас 0 15:30Нигина Абдураимова узоқ йиллардан кейин терма жамоа сафида! Теннисчиларимиз Billie Jean King Cup турниридаги иштирокини бошлади 0 15:08Ислам Махачевнинг ММАда яна нечта жанги қолгани айтилди 0 14:45Неймарнинг келажаги маълум 0 14:24Новак Жокович: "Менга мотивация бериб турадиган биргина мусобақа қолди" 0 14:03Эдди Хирн Энтони Жошуанинг эҳтимолий рақибларини санади 0 13:42Фаолиятини якунлаган Жозе Альдо UFC рўйхатидан ўчирилди 0

30 apr 19:25
Yangiliklar

Boks/MMA

Eddi Xirn: "Joshua Usikka qarshi tajovuzkor va aqlli boks ko'rsatishi kerak"

Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn o'z mijozining WVA, WVO, IBF va IBO yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usik bilan revansh jangi haqida gapirdi.

Xirnning so'zlariga ko'ra, Joshua o'zining birinchi jangidayoq yo'l qo'ygan xatosini anglab etgan va chempionlik kamarlarini qaytarib olish uchun barcha imkoniyati bor.

"Joshua birinchi to'qnashuvda qilgan xatolarini boshqa takrorlamaydi. Entoni bu jangga noto'g'ri yondashganini biladi.

Biz Dillian Uaytga masofani qisqartirishi va shunga o'xshash narsalarni aytgandik. Entoniga ham shunday qilishi kerakligini o'rgatdik. Ammo, raqib bunga yo'l bermasligi mumkin" — dedi Eddi Xirn.


Xirnning takidlashicha, Joshua g'alaba qozonish uchun o'z uslubini o'zgartirishi kerak edi.

"Joshua o'z uslubini o'zgartirishi, tajovuzkor va aqlli boks ko'rsatishi kerak. Menimcha, u buni uddalay oladi. Joshua bu jangda g'alaba qozonishiga chin dildan ishonaman. Uning o'zi ham bunga ishonadi va biz bu jangni intiqlik bilan kutyapmiz", — deya qo'shimcha qildi Xirn.

Eslatib o'tamiz, ilk jangda ukrainalik bokschi Joshuani ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, chempionlik kamarlariga ega chiqqandi. Revansh jangi iyul oyida Saudiya Arabistoni yoki AQSHda bo'lib o'tishi kutilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing