18 mar 09:13
Yangiliklar

Eddi Xirn Kanelo-Usman ehtimoliy jangi haqida gapirdi
"Kamaruning UFC bilan shartnomasi bor, lekin Dana Uayt tayyor bo'lsa, biz bu jangni muhokama qilishimiz mumkin. Garchi Usman Kaneloni mag'lub etishiga zarracha imkon ko'rmasam-da, nega bu jang bo'lmasligi kerak?
Alvares haqida shuni aytishim mumkinki, u hech qachon turli janglarning ahamiyatini, hatto Jek Pol tilga olinganda ham etibordan chetda qoldirmaydi. Saulning ishonchi komil: hech qachon "hech qachon" demang. Siz boksdagi birinchi raqamliga, UFCda vazn toifasidan qati nazar eng zo'r jangchiga mos bo'lishingiz mumkin. Pul dunyoni burib yubormoqda", - deya Xirnning so'zlarini keltiradi BJ Penn.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Usman Kanelo bilan boks qoidalari bo'yicha jang qilishni xohlashini aytgan edi.
Fikrlar