14 apr 12:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Xirn: Usik Joshua bilan Londonda jang qilishga rozi bo'lmaydi
Usik-Joshua jangi nega Londonda bo'lmaydi?
Promouter Eddi Xirn Aleksandr Usik Entoni Joshua o'rtasidagi revansh jangi uchun joy tanlashdagi qiyinchiliklar haqida gapirdi.
«Agar shartnomalar va jang qilish huquqi uchun to'lovlar bilan bog'liq masalalarning hammasi hal bo'lgan taqdirda ham, Usikni Buyuk Britaniyaga olib kelish biz uchun juda qiyin bo'ladi. U bunga o'z nuqtai nazari bilan qarashi mumkin: «Nega men yarim pul uchun Angliyaga borishim kerak?»
Usikka kam maosh to'laydigan joyni tanlay olmaymiz. Biz Londonda jang qilmoqchimiz, bu Joshua uchun katta ustunlik bo'lardi, ammo jang qilish huquqi uchun to'lov ikki barobar ko'p pul keltiradi. Usik Londondagi jangga hech qachon rozi bo'lmaydi», - dedi Xirn.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar