19 mar 21:52
Yangiliklar
Boks/MMA

EFC 34. O'zbekistonlik Ilhom Nazimov Rossiyada jang o'tkazdi, bahs muddatidan oldin yakunlandi
Krasnodar shahrida MMA bo'yicha EFC 34 turniri o'tkazilmoqda.
Ushbu turnir doirasida o'zbekistonlik Ilhom Nazimov ham oktagonga ko'tarildi. Mazkur bahsda vakilimizga mezbon Sergey Klyuev raqiblik qildi.
Uch raundga mo'ljallangan jang ikkinchi raunddan keyin yakunlandi. Rossiyalik sportchi ikkinchi raunddan keyin berilgan tanaffus vaqtida jangni davom ettira olmasligini malum qildi. SHu tariqa, Ilhom jangni texnik nokaut evaziga o'z foydasiga hal qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar