08 apr 15:44
Yangiliklar
Boks/MMA

El Yakvinta: Xabibni revanshda mag'lub eta olaman
Engil vazn toifasida UFC jangchisi El Yakvinta revansh o'tkazilsa, Xabib Nurmagomedovni mag'lubiyatga uchrata olishini aytdi.
"Birinchi jang tarixga aylandi. O'sha paytda o'zimning xatolarim evaziga yutqazib qo'ygandim. Keyin o'shanda men besh raundlik janglarga tayyor emasdim. Buni ha tan olaman. Lekin oradan ancha vaqt o'tdi va tabiiyki men ham o'zgardim.
Menga 10 hafta tayyorgarlik uchun vaqt taqdim etilsa, albatta Xabibni mag'lub eta olaman. Uning jang olib borish uslubiga qarshi o'ylab qo'ygan taktikalarim bor", - dedi El Yakvinta.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar