10 apr 07:31
Yangiliklar
Futbol

Eldor SHomurodov "Roma" bilan yangi shartnoma imzoladi
O'zbekiston milliy terma jamoasi sardorining "Roma" bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanishi lozim edi.
Biroq rimliklar "haloskor" bilan kelishuvni yana bir yilga uzaytirdi. SHu tariqa, SHomurodov "Roma"da 2027 yilning 30 iyuniga qadar qoladigan bo'ldi. Lekin yangi kelishuvga ko'ra, Eldorning maoshi malum miqdorda kamayadi.
Eslatib o'tamiz, Eldor SHomurodov 2021 yildan beri "Roma" sharafini himoya qilib kelmoqda. U "bo'rilar" safida 72 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 12 ta gol va 9 ta golli uzatma bor.
Havola :
Fikrlar