So’nggi yangiliklar

17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0 12:36IV Ёшлар Олимпиадаси. Бугун боксчиларимиз финал учун рингга кўтарилади. Жуфтликларнинг бирида ўзбек-қозоқ қарама-қаршилигига гувоҳ бўламиз 0 12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0

20 mar 12:10
Yangiliklar

Futbol

Eldor SHomurodov: "Roma"dan ketishga yaqin edim"

O'zbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning "Roma" klubi hujumchisi Eldor SHomurodov 90minutuz podkasti mehmoni bo'ldi.

- Yozda siz bilan Franciyada Olimpiadadan oldin gaplashganimizda "Roma"dagi faoliyatingiz so'roq ostida edi. Hozir esa "Roma"ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi sifatida gaplashyapmiz...
- Futbol shunisi bilan qiziqda. Yozda kelajagim haqida o'zim ham hech narsani bilmasdim. Boshqa klubga o'tishim mumkin edi. Qishda ham murabbiylar almashinuvi bo'lganidan keyin boshqa klubga o'tishimga bir qadam qolgandi. Oxiri baribir "Roma"da qoldim va oy o'yinchisi deb topildim. Barchasi yaxshi tomonga o'zgardi. Futbolchilar faqat mashg'ulot qilish va o'yinni o'ylash kerak, kelajak qanday bo'lishi esa Allohdan.

- Murabbiyning o'rni qanchalik? Aynan Ranerining o'rni?
- Albatta, murabbiyning o'rni muhim. CHunki murabbiy futbolchi bilan ko'proq suhbat qilsa yoki yaxshiroq bilsa, o'yinchiga anchagina engilroq bo'lmoqda. Raneri bilan o'tgan yil ham birga ishlaganman, shu sabab menga uni tushinish osonroq. Raneri hech qachon futbolchiga ortiqcha bosim qilmaydi, yurakdan futbol o'ynanglar deydi. Taktik va texnik muammolar hammada bo'ladi, xatto men ham xato qilaman deydi. Futbolchilardan maydonda borini berishini xohlaydi.

- Dovbik jarohat olganidan Raneri sizga ishondi va siz o'z imkoniyatingizdan to'laqonli foydalana oldingiz. SHu sababli hozir asosiy tarkib futbolchisiga aylanib oldingiz. SHu fikrga qanday qaraysiz?
- Ruhiy tomonlama ham o'zimda o'zgarish his qildim. Baribir odam 30ga yaqinlashganida aqlliroq bo'la boshlaydi. 3 yil oldin futbol haqida, tayyorgarlik haqidagi fikrlarim boshqacha edi. Ko'p zaxirada o'tirsam ham ko'p narsani o'rganib oldim. Zaxiradan maydonga qanaqa kayfiyatda tushishim kerakligini bilib oldim. Futbolchi bilan jismoniy holatdan ko'ra ruhiy holati muhimroq. CHunki ruhan tayyor bo'lsangiz, jismonan tayyor bo'lmasangiz ham o'yinda yaxshi harakat qila olasiz.

Yozda "Roma"dan ketish ehtimolim katta bo'lgani uchun hattoki klubdan alohida shug'ullangan paytlarim ham bo'ldi. Alohida shug'ullangan mashg'ulotlarda ketsam ham, qolsam ham vijdonim toza bo'lishi uchun borimni berib harakat qilardim. Buni o'sha paytdagi murabbiy De Rossi ko'rib turardi va oxirida jamoada olib qolishga qaror qilgandi.


Podkastni to'liq holda quyida tomosha qiling




Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing