26 fev 08:07
Yangiliklar

Eleyder Alvaresning gonorarini qirqishdi
Gap shundaki, Alvares uchun vada qilingan va kafolatlangan gonorar to'rt barobarga qisqardi. Malumotda keltirilishicha, Alvaresning Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan kelishuviga ko'ra bokschi har bir o'tkazgan jangi uchun bir million dollar gonorar olishi kerak edi.
CHempionlik unvonini boy bergan Eleyderning Top Rank bilan shartnomasi o'z kuchida qoladi. Bokschi ikki yil ichida oltita jang o'tkazishi lozim. Lekin uning gonorari endi qisqaradi. Endi u har bir jangi uchun 250 000 dollar gonorar oladi.
Bundan tashqari raqibga qarab qo'shimcha bonuslar ham beriladi. Agar Alvares chempionlik kamarini qaytarib olsa, o'z-o'zidan gonorar yana bir million dollarga ko'tariladi. Eleyder Alvaresning navbatdagi jangi 15 iyun kuni o'tkaziladi. Hozircha raqib nomi malum emas.
Fikrlar