So’nggi yangiliklar

19:06Богдан Гусков: "Анкалаев билан жанг ҳаётимни ўзгартириши мумкин" 0 18:35Рамазон Темиров иштирокидаги тўлиқ матбуот анжумани 0 18:13Фил Фоден "Манчестер Сити" билан шартномасини 2030 йилгача узайтирди 0 17:33Стив Эрцег Рамазон Темиров ҳақида қандай фикр билдирди? 0 16:58Холдаров ва Олимов Арманистонда илк жангларини ўтказди 0 16:33Темиров ўзи жанг қилишни хоҳлайдиган спортчи номини айтди 0 16:00Гильермо Очоа профессионал футболдаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 15:27Ўзбекистонда UFC турнири қачон ўтказилади — Рамазон Темиров ўз фикри билан бўлишди 0 14:55Рамазон Темиров Асу Алмабаев билан UFC'даги эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 14:33Рамазон Темиров: "Бу жангда ютсам, Эрцегнинг ўрнига кўтариламан, деб ўйлайман" 0 14:12Трамп Инфантинони яна бир катта лавозимга тайинламоқчи 0 13:37Богдан Гусков: «Анкалаев ярим оғир вазн тоифасидаги энг кучли жангчи» 0 13:00FIDE Самарқанддаги Олимпиада олдидан Беларусь шахматчиларига нисбатан қўлланган барча санкцияларни бекор қилди 0 12:32Жаско коач Рамазон Темировнинг вазни қандай ҳолатда эканини айтди 0 11:59AIPS ЖЧ-2026нинг энг яхши ўн нафар футболчиси номини эълон қилди 0

02 apr 17:17
Yangiliklar

Futbol

"Elit futbolchi bo'ladi". Mashhur skaut - Husanovning "Manchester Siti"dagi istiqboli haqida

​2023 yil Argentinada o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida faoliyat yuritgan taniqli skaut Jenk CHetin musobaqada O'zbekiston U-20 terma jamoasi safida o'zini namoyon etgan "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov haqidagi fikrlarini bayon etdi.

"U turnirda o'tkazgan to'rtta o'yinda havodagi to'p uchun kurashlarda raqiblaridan sezilarli darajada ustun keldi. Jismoniy kuchdan tashqari, u tezlanish qobiliyatiga ega, tezlik va chaqqonlik uyg'unligi esa raqib hujumchilariga qarshi muhim afzallik hisoblanadi.

Xususan, uning Isroilga qarshi 1/8 finaldagi ishtiroki, o'yinni o'qiy olish va poziciya egallash qobiliyati, shuningdek, Anan Halaili va Tay Abed kabi ham jismoniy, ham texnik jihatdan kuchli futbolchilardan to'pni olib qo'yishi Husanovni 2023 yilgi U-20 Jahon chempionatining eng yaxshi individual ijrochilaridan biriga aylantirdi.

Vaqt o'tishi bilan u til to'sig'ini engib o'tadi va Pep Gvardiola qo'l ostida elit darajadagi futbolchiga aylanib, ko'p yillar davomida "Siti" uchun muhim o'yinchiga aylanadi. Markaziy Osiyo mamlakatlari sobiq sovet respublikalari orasida aholisi o'sib borayotgan yagona mintaqadir.

Ular qitaning Uzoq SHarqiga nisbatan sport va futbolga ko'proq mablag' sarflaydi hamda futbol uchun muqobil bozorga aylangan. Husanov va Daston Satpaev kabi futbolchilar tufayli bu qiziqish yaqin yillarda geometrik progressiya bo'yicha o'sib boradi", – dedi CHetin.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing