So’nggi yangiliklar

15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0 12:36IV Ёшлар Олимпиадаси. Бугун боксчиларимиз финал учун рингга кўтарилади. Жуфтликларнинг бирида ўзбек-қозоқ қарама-қаршилигига гувоҳ бўламиз 0 12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0

25 apr 17:31
Yangiliklar

Futbol

Elit OCHL qaytmoqda. Bugun chorak finalga start beriladi

Bir oydan ko'p tanaffusdan so'ng yana Elit Osiyo chempionlar Ligasi qaytyapti.

Mart oyidagi maqolamizda guruh uchrashuvlari yakuniga ko'ra, G'arb va SHarq mintaqasining 8 tadan 16 ta jamoasi keyingi bosqichga yo'l olgani hamda 1/8 finaldan so'ng 8ta klub musobaqa bilan xayrlashgani haqida xabar bergandik.



Buyog'iga turnir 1/4 finaldan boshlab markazlashgan tartibda Saudiya Arabistonida o'tkaziladi. Oldin final uy-mehmon tarzida ikkita uchrashuvdan iborat bo'lardi, endilikda final ham Saudiyada bo'lib o'tadi.

Markazlashgan o'yinlarga Jidda shahridagi ikkita chiroyli stadion - "Qirol Abdulloh" (sig'imi 63 ming) va "SHahzoda Abdulloh Al Faysal" (sig'imi 27 ming) mezbonlik qiladi.

CHorak finalda kurashni davom ettiradigan jamoalar:
"Al Ahli" (Saudiya Arabistoni)
"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)
"Al Nassr" (Saudiya Arabistoni)
"Al Sadd" (Qatar)
"Buriram Yunayted" (Tailand)
"Yokogama Marinos" (Yaponiya)
"Kavasaki Frontale" (Yaponiya)
"Gvangju FK" (Janubiy Koreya)




14 mart kuni bo'lib o'tgan qura marosimida klublar G'arb-SHarq misolida to'rtta juftlikka ajratildi. Avvalgi yillari SHarq va G'arb faqat finalda o'zaro raqib bo'lgan bo'lsa, endilikda chorak finaldan boshlab SHarqning raqibi G'arb, G'arbning raqibi SHarq jamoalari bo'ladi. CHorak final juftliklari va o'yin o'tkaziladigan sana quyidagicha ko'rinish olgan:

1/4 final. 25 aprel. 21:30. "Qirol Abdulloh" stadioni
"Al Hilol" - "Gvangju FK"

1/4 final. 26 aprel. 21:30. "Qirol Abdulloh" stadioni
"Al Ahli" - "Buriram Yunayted"

1/4 final. 27 aprel. 00:30. "SHahzoda Abdulloh Al Faysal" stadioni
"Yokogama Marinos" - "Al Nassr"

1/4 final. 27 aprel. 21:30. "SHahzoda Abdulloh Al Faysal" stadioni
"Kavasaki Frontale" - "Al Sadd"

O'yinlarning qiziq tomoni shuki, biz chorak finalda SHarq va G'arbning o'zaro kurashiga guvoh bo'lamiz. Albatta, nomdor yulduzlar G'arbda ko'proq, lekin SHarqda futbol o'ynash yaxshi yo'lga qo'yilgan. Birgina Tailandning "Buriram Yunayted" klubi "Al Ahli" oldida ancha kuchsizdek ko'rinayotgani bilan Yaponiyaning ikki jamoasi hamda Janubiy Koreyaning "Gvangju FK" klubi G'arbga bemalol boshog'riq keltira oladi.

Musobaqa formatiga ko'ra, chorak finaldan boshlab barcha o'yinlar bitta uchrashuvdan iborat bo'ladi. Yutqazgan Elit OCHLni tark etadi. 29-30 aprel kuni yarim final bahslari o'tkazilsa, hal qiluvchi final uchrashuvi 3 may kuni Jidda shahridagi hashamatli "Qirol Abdulloh" stadionida bo'lib o'tadi. Uchinchi o'rin uchun bahs o'tkazilmaydi.

X.Xoliqov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing