23 avg 13:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Elnur Abduraimov AQSHga yo'l olmoqda, u oltinchi jangini o'tkazmoqchi
Tokio Olimpiadasi licenziyasini qo'lga kiritib ulgurgan bokschimiz Elnur Abduraimov yaqin orada professional ringda ham jang o'tkazadi.
"Xudo xohlasa, 27 avgust kuni Amerika Qo'shma SHtatlariga yo'l olaman. O'sha erda professional boksda navbatdagi jangimni o'tkazmoqchiman. Raqib nomi yaqin kunlarda elon qilinadi", - dedi Elnur Abduraimov saytimiz muxbiri bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Abduraimov shu kungacha prof boksda 5 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan. SHu yilning mart oyida esa u Tokio Olimpiadasi licenziyasini qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar