09 mar 17:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Elnur Abduraimov navbatdagi licenziyani taqdim etdi
Iordaniya poytaxti Amman shahrida boks bo'yicha Osiyo/Okeaniya mintaqasining licenzion musobaqasi davom etmoqda.
63 kg vazn ishtirokchisi Elnur Abduraimov musobaqaning chorak finalda Xarrison Garseydga qarshi ringga ko'tarildi. Jangning katta qismida ustunlikka erishgan bokschimiz jangda g'alaba qozondi va keyingi bosqichga yo'l oldi.
SHu tariqa, Elnur terma jamoamiz hisobiga navbatdagi Tokio olimpiadasiga licenziya taqdim etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar