21 iyu 21:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Emelyanenko – Ismailov jangi muxlislarsiz o'tkaziladi
ASA 107 turniriga muxlislar kiritilmaydi.
"Biz afsus bilan shuni elon qilamizki, ACA 107 turniri faqat televizion shou formatida, muxlislarsiz tashkil etiladi.
Ushbu turnirni muxlislar ishtirokida o'tkazish uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qildik, ammo haligacha Krasnodar o'lkasi mamuriyatining ruxsatini olmadik. 3 avgustgacha "yuqori tayyorgarlik rejimi" amal qiladi", - dedi turnir tashkilotchilaridan biri.
Eslatib o'tamiz, 24 iyul kuni Sochida o'tkaziladigan ushbu jang oqshomining markaziy jangida Aleksandr Emelyanenko Magomed Ismailovga qarshi oktagonga chiqadi.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar