08 jan 09:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Emelyanenko - Mitrion. Doping-nazorat o'ta jiddiy bo'ladi
Kaliforniya shtati Atletik komissiyasi aralash qoidalar bo'yicha mashhur jangchi rossiyalik Fedor Emelyanenko va amerikalik Mett Mitrionni doping nazoratdan o'tkazadi.
Bu haqda Bellator tashkiloti prezidenti Skott Koker xabar berdi.
“Doping-nazoratni Kaliforniya shtati atletik komissiyasi o'tkazadi. Nazorat o'ta jiddiy bo'ladi”, - dedi Koker.
Malumot uchun, Emelyanenko Bellator tashkiloti bilan bir nechta jang uchun shartnoma imzolagan. Emelyanenko ushbu tashkilot doirasidagi debyut jangini 18 fevral kuni AQSHning San-Xose shahrida aynan Mitrionga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar