30 okt 11:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Emelyanenko spirtli ichimlikdan butunlay voz kechdi: u o'zini mast holda ko'rganlarga pul bermoqchi
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Aleksandr Emelyanenko spirtli ichimliklar ichishdan butunlay voz kechganini malum qildi.
"Hammangiz bilan bahslasha olaman. Agar keyingi yilda meni mast holda ko'rsangiz, har biringizga 500 rubldan beraman. Agar yo'q bo'lsa, karta raqamimni qoldiraman va o'sha pullarni menga yuborasiz. Takror aytaman, men bundan voz kechdim. Xotinim va men Emelyanenkolar oilasini davom ettirishni xohlaymiz", - deya Aleksandrning so'zlarini keltiradi Match TV.
Eslatib o'tamiz, 6 noyabr kuni "CSKA Arena"da Aleksandr Emelyanenko va promoushen asoschisi Sergey Erkaev to'qnash kelishadi.
Emelyanenko so'nggi jangida hamyurti Vyacheslav Dacikka mag'lub bo'lgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar