05 apr 16:20
Yangiliklar

Emelyanenko Yan-Sterling jangiga o'z taxminini bildirdi
"Yan va Sterling o'rtasidagi ikkinchi jang juda qiziq. Pyotr ko'p yillar davomida sifatli jang, ajoyib tayyorgarlik ko'rsatmoqda va u haqli ravishda UFC chempioni.
Rostini aytsam, Sterlingga Pyotr bilan birinchi chempionlik jangi chiroyli ko'zlari uchun berilgan — uni kamsitmang. Sterling va Xaritanov bitta teatr dargohini tugatganiga ishonaman.
Dastlabki jang Pyotr Sterlingdan ikki bosh ustun ekanligini ko'rsatdi. Ikkinchi jang ham shu scenariy bo'yicha o'tishiga ishonchim komil, sababi simulyaciya qiluvchi jangchi hech qachon Pyotr Yandek shijoatli jangchini adolatli jangda yuta olmaydi", - deya Emelyanenkoning so'zlarini keltiradi Match TV.
Malumot o'rnida, Pyotr Yan va Aljemeyn Sterling o'rtasidagi engil vaznda vaqtinchalik va amaldagi UFC chempionligi kamarlari birlashtiriladigan jang 9 aprel kuni, Jeksonvilda UFC 273 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar