28 jan 10:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Emelyanenkoni operaciya qilishdi, unga 9ta chok tushdi
Xabar berganimizdek, kecha rossiyalik mashhur MMA jangchisi Fyodor Emelyanenko AQSHda o'tkazilgan Bellator 214 turnirining finalida oktagonga chiqqan edi.
Gran-Pri turnirning og'ir vazn toifasidagi final jangida ishtirok etgan Emelyanenko amerikalik Rayan Beyderga birinchi raundning ilk daqiqasi yakuniga etmay turib, nokaut evaziga mag'lub bo'lgandi.
Fyodor AQSHning Kaliforniya shtati Inglvud shahrida o'tgan ushbu jangdan keyingi matbuot anjumanida ko'rinish bermadi. Jang yakunlanishi bilan Emelyanenkoni kasalxonaga olib ketishgan va uning yorilgan qosh qismini 9ta chok bilan tikishgan.
Havola :
Fikrlar