13 okt 10:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Emelyanenkoning qiziga hujum uyushtirildi, 16 yoshli qiz shifoxonada
Aralash qoidalar jangi qiroli Fyodor Emelyanenkoning 16 yoshli qiziga ko'chada nomalum kimsa hujum uyushtirdi.
Bezori qizni do'pposlab, ko'zdan g'oyib bo'lgan. O'sha zahoti jabrdiydani shifoxonaga etkazishgan. SHifokorlarning so'zlariga qaraganda, etkazilgan jarohat jiddiy emas va bugun Emelyanenkoning qizi shifoxonani tark etishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Fedor Emelyanenko bir necha kun avval voyaga etmagan bolalar o'rtasida Grozniyda aralash qoidalar bo'yicha janglar o'tkazilishiga qarshi chiqqan edi. Bu janglarning tashabbuskori esa shaxsan CHecheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov bo'lgandi.
Havola :
Fikrlar