20 avg 13:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Emelyanenkoning shogirdi: UFC jangchilari juda ham kuchli emas
Bellator jangchisi Vadim Nemkov UFC jangchilari haqida fikr bildirdi.
“Bellator'dagi jangchilar ham kuchsiz deb hisoblamayman. Misol uchun, Devis, MakGiri va Karvalo bemalol UFCning top jangchilariga qarshi bahs olib bora olishadi. Men o'zimni vaznimdagi sportchilarni ko'rib, ularga qarshi bemalol jang qilishim mumkinligini o'ylab qolaman. UFCdagilarni judayam kuchli deb hisoblash noo'rin. Men UFCda jang qilib, top jangchilarga qarshi bahs olib bora olishimga ishonaman”,-dedi Nemkov.
Malumot uchun, Nemkov navbatdagi jangini 22 avgust kuni ikki vazn toifasida Bellator chempioni Rayan Beyderga qarshi o'tkazadi. Ushbu jangda Fedor Emelyanenko Nemkovning burchagida turadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar