11 iyu 13:33
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				
				
			
				Emma Radukanu Queen's Club`da muvaffaqiyatli start oldi
London shahrida tennis bo'yicha WTA 500 toifasiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.   
			Dunyoning 37-raketkasi bo'lib turgan Emma Radukanu o'z yurtida o'tayotgan musobaqadagi ishtirokini engil g'alaba bilan boshladi. Britaniyalik tennis malikasi ilk davrada WTA reytingida 112-pog'onada borayotgan ispaniyalik Kristina Bukshani 6/1, 6/2 hisobida taslim etdi.
Radukanu bu bilan tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini ham tikladi - 1:1. Oltmish besh daqiqa davom etgan bahsda Radukanu 2, Buksha 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennis malikasi ham bittadan xatoga yo'l qo'ygan. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik Emma tomonida bo'ldi - 4 ga 0.

            Havola            :         
                    Manba                : gotennis
            
			
Fikrlar