12 may 18:20
Yangiliklar
Futbol
Enco Mareska "Man Siti"da Xosep Gvardiola o'rnini egallashi haqidagi savolga javob berdi
"CHelsi"ning sobiq bosh murabbiyi Enco Mareska ishga qaytish va "Manchester Siti"da ishlashi haqidagi savolga javob berdi.
— Hozir may oyi, milliy chempionatlar tugash arafasida. Men esa dam olyapman va o'zimni tayyorlashga harakat qilyapman.
— Italiyaga qaytishni xohlarmidingiz?
— Men deyarli hamma joyda bo'ldim. Futbolchi sifatida o'zimni to'rtta turli mamlakatda yaxshi his qilganman, murabbiy sifatida esa ikki-uchtada. Angliyada eng yaxshi moslashdim, keyin nima bo'lishini ko'ramiz.
— Agar "Manchester Siti"dan qo'ng'iroq qilsachi?
— Hozirgi vaqtda qaysi klub qo'ng'iroq qilishidan qati nazar, o'zingizni tayyor his qilish muhim. Yaxshisi, yana bir necha hafta qoldi, keyin nima bo'lishini ko'ramiz, — dedi Mareska Tuttomercatoweb nashriga bergan intervyusida.

Havola :
Fikrlar