19 fev 18:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Endi Emelyanenkoga kim raqib bo'lishi mumkin?
Bellator turnirida Fedor Emelyanenkoning navbatdagi raqibi Moxammed Laval bo'lishi mumkin.
Uning bugun Mett Mitrionga qarshi bo'lib o'tishi lozim bo'lgan jangi bekor qilindi.
"Fedor yaqin oylar ichida jang qiladi. Mettning tiklanishi uchun uzoq vaqt ketishi mumkin. SHu sababli u Emelyanenkoga raqiblik qila olmasligi mumkin. Endi qaysi jangni ko'rishimiz mumkin? Fedorga qarshi Mo Lavalning jang qilishi ajoyib bo'ladi", - deydi turnir tashkilotchilari hisoblangan Bellator kompaniyasi prezidenti.
Amerikalik Laval 36 yoshda. U MMA janglarida 26 ta jang o'tkazgan. Ulardan 20 tasida g'alaba qozongan, 6 tasida esa mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Havola :
Manba : ТАСС
Fikrlar