14 avg 16:49
Yangiliklar
Boks/MMA
"Endi kamarning yangi egasi bo'ladi". Gerri - Maxachev bilan jang haqida
UFC yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik uchun davogar Yen Machado Gerri amaldagi chempion Islam Maxachevga qarshi bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.
"Bu kecha chempionlik kamari yangi ega topadi. Menga: “Garri, bu sening imkoniyating”, deyishdi. Va men bu imkoniyatdan foydalanaman.
Islam fenomenal iqtidor egasi. Uning uzoq davom etgan g'alabalar seriyasiga bo'lgan hurmatimni so'z bilan ifodalash qiyin. Ammo biz sportchilarmiz. Qafasga chiqamiz va jang qilamiz.
U qancha vaqt chempion bo'lgani men uchun ahamiyatsiz. Men chiqib, o'z vazifamni bajarishim kerak. SHanba kechasi men tayyor bo'laman", — dedi Gerri matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar