27 iyu 15:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Endi Ruis: Butun dunyoni yana hayratga solmoqchiman
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Endi Ruis yana katta janglarga qaytish niyatida ekanligini malum qildi.
"Butun dunyoni yana bir bor hayratga solmoqchiman. Buning uchun barcha imkoniyatlarim bor va ulardan albatta foydalanaman. Hozirda mashg'ulotlarni boshlab yuborganman. Men o'zim va muxlislarim uchun yana qaytishim kerak", - dedi Ruis.
Eslatib o'tamiz, Ruis so'nggi jangini Entoni Joshuaga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar