12 mar 11:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Endi Ruis Deontey Uaylder bilan 2021 yildayoq uchrashishi mumkin
Og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempionlari Deontey Uaylder va Endi Ruis 2021 yil oxirida to'qnash kelishlari mumkin.
World Boxing News xabariga ko'ra, jang shu yilning noyabr yoki dekabr oylarida bo'lish ehtimoli bor.
Eslatib o'tamiz, Uaylder 2020 yil fevraldagi oxirgi jangida Tayson Fyuriga yutqazgan edi. Ruiz esa, Entoni Joshuaga 2019 yil dekabr oyida mag'lub bo'lgandi.
Avvalroq, promouter Eddi Xirn agar ularning jangi tashkil etilsa Ruiz Uaylderni depressiyaga solib qo'yishini aytgandi.
Havola :
Manba : World Boxing Nеws
Fikrlar