06 sen 13:58
Yangiliklar

Endi UFC'ning yangi qiroli bor
«Odamlar meni oddiy kurashchi deb o'ylashdi va men shunchaki ularning og'zini yopdim. Men ura olaman, jang qila olaman. Hozir bu erda yangi qirol bor», - dedi Pimblett jangdan keyin.
Pimblettning raqibi braziliyalik 25 yoshli Luiji Vendramini edi. Braziliyalik jangni ishonchli boshladi, raqibiga bir necha bor yaxshi zarba berdi va muddatidan avval g'alabaga yaqin edi. Biroq, Pimblett raqibining hujumiga bardosh berdi va birinchi raundning so'nggi daqiqasida u hujumga o'tdi va raqibini nokautga uchratdi, UFC'da o'zining yorqin debyutini o'tkazdi. Aynan Pimblett 50 ming AQSH dollari miqdorida bonus yutishga muvaffaq bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Peddi Pimblett UFC jangchilari Guram Kutateladze va Iliya Topuriya bilan UFC'ga o'tishidan avval jang qilishga muvaffaq bo'lgan. Yaqinda Xabib Nurmagomedovni tanqid qilganidan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda unga ko'plab negativ izohlar bildirildi.
Fikrlar