09 dek 07:32
Yangiliklar

Eng ko'pi chempionda! UFC 310 turniri jangchilarining qancha pul ishlab olgani malum
Oqshomning markaziy jangida Liganing o'ta engil vazn toifasidagi braziliyalik chempioni Aleksandr Pantoja yaponiyalik debyutant Kay Asakura bilan to'qnash keldi va ikkinchi raunddayoq sabmishen orqali g'alaba qozondi. Aynan u turnirning eng katta gonorariga ega chiqdi. Pantoja 3 mln 442 ming dollarni qo'lga kiritdi.
Co main-event jangida g'alaba qozongan qozog'istonlik SHavkat Rahmonov bu borada uchinchi bo'ldi. CHempionlik jangida qatnashish huquqini qo'lga kiritgan Rahmonovning gonorari 1 mln 155 ming dollarni tashkil etgan.
Musobaqa ishtirokchilarining turnirda qancha gonorarga ega bo'lgani ochiqlandi:
Aleksandr Pantoja — 3 mln 442 ming (dollar)
Kay Asakura — 1 mln 632 ming
SHavkat Rahmonov — 1 mln 155 ming
Ian Garri — 1 mln 056 ming
Visente Lyuke — 471 ming
Kris Uaydman — 421 ming
Kley Guida — 371 ming
Maykl Keza — 366 ming
Dominik Reyes — 361 ming
Siril Gan — 360 ming
Aleksandr Volkov — 311 ming
Movsar Evloev — 176 ming
Aljemeyn Sterling — 320 ming.
Fikrlar