So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

08 dek 19:35
Yangiliklar

Kurash

Eng yaxshi kurashchi "Nexia-3" bilan taqdirlandi + FOTO

Teglar :  Kurash
Surxondaryo viloyati hokimi sovrini uchun katta kurash musobaqasi o'tkazildi.

Termiz shahrida O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasi qabul qilinganligining 27 yilligi hamda qishloq xo'jaligi xodimlari kuniga bag'ishlab Surxondaryo viloyati hokimi sovrini uchun milliy kurash bo'yicha erkaklar o'rtasida viloyat ochiq turniri bo'lib o'tdi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimidadan so'ng ananaga ko'ra, bellashuvlarni keksa va jajji polvonlar boshlab berdi. SHundan so'ng, yurtimizning turli viloyatlaridan, viloyatimiz shaxar, tumanlardan va Termiz davlat universitetidan bittadan jamoa bo'lib kelgan 100 nafarga yaqin nomdor kurashchilar 66, 73, 81, +90 kg. vazn toifasida o'zaro bellashdilar.

 66 KG. VAZN TOIFASIDA

1-o'rin – Muhriddin Tilovov (Andijon);

2-o'rin – Bahodir Boboev (Surxondaryo);

3-o'rin – Abror Jabborov (Surxondaryo);

3-o'rin – Qobul Ahmedov (Xorazm)

 81 KG. VAZN TOIFASIDA

1-o'rin – Arslon Tojiev (Qashqadaryo);

2-o'rin – O'rol Sodiqov (Surxondaryo);

3-o'rin – Bozor Abdurahimov (Surxondaryo);

3-o'rin – Umar Bozorov (Surxondaryo)

 +90 KG. VAZN TOIFASIDA

1-o'rin – Samijon Ubaydullaev (Surxondaryo);

2-o'rin – Ziyodullo Nodirov (Surxondaryo);

3-o'rin – Muhsin Hisomiddinov (Surxondaryo);

3-o'rin – Abdulla Tangriev (Surxondaryo)

66 hamda 81 kg. vazn toifalarida g'oliblikni qo'lga kiritgan kurashchilar 10, 3 va 2 million so'mdan pul mukofotlari va televizor, +99 kg. vazn toifasida 2-o'rin sohibi 10 million, 3-o'rinni egallangan polvonlarning har biri 5 million so'm pul mukofotlari va televizorlar bilan taqdirlandi. 

1-o'ringa munosib topilgan kurashchi Samijon Ubaydullaevga Bosh sovrin – “Nexia-3” avtomashinasi kalitini Surxondaryo viloyati hokimi To'ra Bobolov topshirdi.

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Lola Ahmedova, xushovoz xonanda Ozoda Nursaidova tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar barchaga bayram kayfiyatini ulashdi. Surxondaryo viloyati hokimi sovrini uchun milliy kurash bo'yicha viloyat ochiq turnirida O'zbekiston milliy kurash federaciyasi raisi birinchi o'rinbosari K.Yusupov ishtirok etdi.

O'zbekiston kurash associaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing