17 apr 13:31
Yangiliklar
Engil atletika

Engil atletikachilarimiz yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining ikkinchi kunida to'rtta medalga ega chiqdi
Saudiya Arabistonida engil atletika bo'yicha U-18 yosh toifasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Musobaqaning ikkinchi kuni O'zbekiston terma jamoasi uchun sermahsul o'tib, atletlarimiz 1 ta oltin va 3 ta kumush medallariga sazovor bo'lishdi.
Oltin medal:
Sadafbonu Nusratullaeva (2000 metr, to'siqlar osha).
Kumush medal:
SHohjaxon Xayrullaev (2000 metr, to'siqlar osha)
Nasimaxon Mamirova (2000 metr, to'siqlar osha)
Sofiya Nikolaeva (ettikurash)
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar