11 may 20:31
Yangiliklar
Og'ir atletika
Engil atletikadan og'ir atletikaga o'tgan sportchimiz Osiyo chempionatida sovrindor bo'ldi
Janubiy Koreyada og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.
Jinju shahri mezbonlik qilayotgan chempionatning ayollar o'rtasidagi -87 kg vazngacha o'tkazilgan musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan sportchimiz Rigina Adashbaeva kumush va bronza medallarga ega chiqdi.
Dast ko'tarishda 103 kg bilan kumush medalga ega chiqqan hamyurtimiz, siltab ko'tarishda 127kg natija ko'rsatdi va buning evaziga ikkikurashda 230 kg bilan bronza medali sohibasiga aylandi.
Malumot uchun, Rigina 2021 yilning sentyabr oyida engil atletikadan og'ir atletikaga o'tgan.
Ana shu qisqa vaqt ichida u ikki marotaba Osiyo chempionatida, shuningdek Islom birdamlik o'yinlarida sovrindorlar qatoridan o'rin oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar