02 sen 19:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Engilmas chempionning qonida taqiqlangan modda aniqlandi
Birinchi engil vazn toifasida WBC kamari sohibi Oskar Valdesdan olingan test tahlillar ijobiy chiqqan.
Valdesning qonidan metamfetaminga o'xshash markaziy asab tizimini ogohlantiruvchi fentermin topilgan. Bu yurak urish tezligini, energiyani, chidamlilikni tezlashtiradi, nafas olishni engillashtiradi, shuningdek mashg'ulotlarda bor kuchingizni berishga imkon beradi.
Eslatib o'tamiz, Oskar navbatdagi jangini 10 sentyabr kuni Robson Konseysaoga qarshi o'tkazishi lozim edi.
Malumot uchun, Oskar faoliyati davomida 29 ta jangda ishtirok etib, barchasida g'alaba qozongan.
Havola :
Fikrlar