03 iyu 18:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Oskar De La Xoyya Turki Al ash SHayxga murojaat qildi
Oskar De La Xoyya Turki Al ash SHayx va SELA kompaniyasiga nisbatan tanqidiy fikr bildirdi.
"Turki va SELA, sizlar istagan jangchini chaqirib, xohlaganingizcha jang tashkil qila olmaysizlar. Janglarni ham istagan platformangizda translyaciya qila olmaysizlar. SHuning uchun ham sizlarga qarshi turli tomonlardan sud davolari berilmoqda. SHuning uchun ham Frenk Uorren va Eddi Hirn ishtirokida tinchlik sammitini chaqirishga majbur bo'ldingizlar — axir bu urushni o'zingiz boshlagansizlar", — dedi De La Xoyya.
Avvalroq Turki Al ash SHayx yirik boks promouterlari bilan ular o'rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida muzokaralar o'tkazgani haqida xabar berilgan edi.
Havola :
Manba : EverythingBoxing
Fikrlar