14 apr 12:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Ennis Stanionis bilan birlashtiruvchi jangidan qancha ishlab olgani elon qilindi
Yarimo'rta vazn toifasida WBA, IBF yo'nalishlari chempioni, amerikalik Jeyron Ennis litvalik WBA sobiq chempioni Eymantas Stanionis bilan jangi uchun qancha gonorarga ega bo'lgani ochiqlandi.
Sportskeeda nashri xabariga ko'ra, amerikalik charm-qo'lqop ustasi mazkur bahs orqali 2,5 million dollar, litvalik Stanionis esa 1,8 million dollar ishlab oldi.
Eslatib o'tish joiz, kecha Atlantik Sitida tashkil etilgan bellashuvda Ennis Stanionisni 6-raundda nokautga uchratib, ikkita kamarni birlashtirgan edi.
Havola :
Manba : Sportskeeda
Fikrlar