08 may 10:56
Yangiliklar
Futbol

Enrike Artetaning gaplariga javob qaytardi
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike "Arsenal"dagi hamkasbining gaplariga javob qaytardi.
"Men umuman qo'shilmayman. Mikel Arteta mening juda yaxshi do'stim, lekin uning fikriga to'liq qo'shilmayman. Menimcha, ular aynan o'zlari rejalashtirganidek va o'zlariga yoqqan uslubda o'ynashdi. Biroq, ikki o'yin davomida biz ko'proq gol urdik va bu futboldagi eng muhim narsa.
Biroq shuni takidlash joizki, "Arsenal" ajoyib o'yin ko'rsatdi, biz ularga qarshi qattiq qiynaldik. O'ylaymanki, bu o'yinlar biz uchun eng qiyini bo'ldi. Ular ham juda kuchli jamoa, ammo biz haqli finalga yo'l oldik", - dedi parijliklar ustozi.
Havola :
Fikrlar