02 apr 12:39
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/36301_220.jpg)
Entoni Joshua: AQSHda jang o'tkazishni istamayman
Superog'ir vazn toifasida WBO chempioni Jozef Parkerni mag'lubiyatga uchratgan Entoni Joshua o'z qo'lida to'rtta jahon chempionlik kamarlarini birlashtirdi.
Britaniyalik 28 yoshli bokschi endi bor etiborini WBC chempioni amerikalik Deontey Uaylderning tituliga qaratmoqchi. Lekin shuning barobarida AQSHda jang o'tkazish rejasi yo'qligini ham yashirmayapti.
“Buyuk Britaniyada o'tkaziladigan professional boks kechalari dunyoda birinchi o'rinda turadi. Men bu fikrim bilan faqat superog'ir vazn toifasini nazarda tutmadim. Oldin insonlar shiddatli boksni ko'rish uchun Amerikaga borishar edi. Endi bunga hojat qolmadi. Men raqiblarimni London yoki Kardiffda kutaman”, — dedi Joshua Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar