13 noy 14:19
Yangiliklar
Entoni Joshua: “Uaylderdan farqli ravishda Klichko haqiqiy professional”
Uaylder ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida Joshua manziliga har xil gaplarni yo'llagandi. Britaniyalik chempion bu fikrlarga o'z munosabatini chiroyli tarzda bildirdi.
“Klichkoga qarshi kechgan jangim oldidan Vladimir
ijtimoiy tarmoqlarda men bilan jang qilishga tayyormisan, qabilidagi bitta ham so'z
yozmagandi. Biz yopiq eshiklar ortida shartnoma imzoladik va shunday so'ng keng
ommaga buni rasman elon qildik.
Professionallar xuddi shunday ishlashi kerak. Vladimir
haqiqiy professional! Men Klichko kabi bokschilarni hurmat qilaman. Uaylder esa
dunyoni boshiga ko'tarmoqda. O'z tomonimdan shuni aniq ayta olamanki, 2018 yilda men
Deonteyga qarshi jang qilishga tayyorman”, – dedi Joshua Gulf News nashriga bergan
intervyusida.
Fikrlar