03 jan 14:14
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/25973_220.jpg)
Entoni Joshua va Jozef Parker 31 martga rozi bo'lishdi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida jahon chempionlari - Entoni Joshua va Jozef Parker birlashtiruvchi chempionlik jangini o'tkazishga o'z roziliklarini berishdi.
Har ikki chempion ham promouterlar tomonidan taklif etilgan 31 mart sanasida jang qilishga rozi bo'lishdi. ESPN telekanali rasmiylarining xabar berishicha, promouterlar jangning moliyaviy shartlarini ham kelishib olishgan.
Unga ko'ra, Parker bo'lajak jang uchun belgilangan gonorarning 30-35 foiziga ega bo'ladi. Gonorarning qolgan ulushi Joshuaga tegadi. Entoni Joshua IBF, IBO va WBA chempionlik kamarlari sohibi hisoblanadi. Jozef Parkerda esa WBO kamari bor.
Malumot uchun, ikkala bokschi ham hali mag'lubiyatga uchramagan. Joshua 20ta jangda 20ta, Parker 24ta jangda 18ta nokaut qayd etgan.
Havola :
Fikrlar