06 jan 13:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Entoni Joshuaning vaqti tugadi
Ertaga superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Entoni Joshuaga Kubrat Pulev yoki Aleksandr Usik bilan jang qilishga kelishib olishi uchun so'nggi kun.
Sababi Entonining 7 dekabrdagi g'alabasidan so'ng IBF va WBO tashkilotlari bokschi uchun rasmiy davogarlar bilan jang borasida kelishib olish uchun bir oy muddat bergan edi.
Agar kelishuv amalga oshmasa, tashkilotlar promouterlar uchun ochiq savdo elon qiladi va unda g'olib bo'lgan tomon jangni tashkil qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Katta ehtimol bilan Joshua navbatdagi jangini IBF kamariga rasmiy davogar Kubrat Pulevga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar