12 may 15:11
Yangiliklar
Boks/MMA
Ergashev G'iyosovning chempionlik jangi haqida: "U mana shu jangini yutsa..." (+FOTO)
Prof boksning super engil vaznida IBF kamari uchun sobiq davogar SHohjahon Ergashev yarim o'rta vazndagi vakilimiz - SHahram G'iyosovning bo'lajak jangi haqida gapirdi.
SHahram G'iyosov 23 may kuni Misrning Giza shahrida bo'lib o'tadigan prof boks oqshomi doirasida britaniyalik Jek Ketterolga qarshi WBA Regular kamari uchun jang qiladi.
"Men hech qachon birovning jangi uchun munosabat bildirmaganman, lekin SHahram shu raqibini yutsa, boksda pul ishlashni boshlaydi, kuzatamiz.
Albatta, SHahramga omad tilayman, lekin bu jiddiy kurash bo'ladi. SHu jang juda qiziq, rostdan ham intizorlik bilan kutyapman", dedi Ergashev.
Malumot uchun, SHohjahon Ergashevning o'zi 6 iyun kuni poytaxtimizda qozog'istonlik Batir Jukembaevga qarshi ringga ko'tariladi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar