01 fev 07:20
Yangiliklar
Futbol
Eriksen jarohati sabab uch oyga safdan chiqdi
Futbolchi Angliya kubogida jiddiy jarohat oldi.
"Manchester Yunayted" klubi futbolchisi Kristian Eriksen uch oyga safdan chiqdi. Bu haqida klub rasmiy sayti malum qildi. Angliya kubogida "Reding"ga qarshi o'yinning 57 daqiqasida Eriksen Endi Kerroll tomonidan qilingan qo'pollik sabab to'pig'ini jiddiy shikastlab olgandi.
Dastlabki tahlillarga ko'ra, Eriksen aprelning oxiri va mayning boshlariga safga qaytishi mumkin.
Havola :
Manba : manutd.com
Fikrlar