So’nggi yangiliklar

15:10ПСЖ футболчиси Хавининг рекордини такрорлади 0 13:37Дмитрий Бивол кейинги жанги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 12:05Арман Царукян RAF 09 кураш турнирида ғалаба қозонди 0 10:48Дмитрий Бивол Екатеринбургда Майкл Айфертни мағлуб этди 0 09:20Романо "Ливерпул"нинг янги бош мураббийи номини маълум қилди 0 19:03Пентагон Оқ уйдаги UFC турнири учун ҳарбийларни жалб қилмоқда, аммо... 0 18:30Билол Муҳаммад ACBJJ билан шартнома имзолади 0 18:05Макгрегор Холлоуэй билан жанг олдидан чипталар сотуви бўйича мутлақ рекордни янгилаб қўйди 0 17:23"Ўзбекистонда футбол қандай муҳим аҳамиятга эгалигини биламан. Бу жуда қийин гуруҳ" - Вильянуэва ЖЧ ҳақида 0 16:47Гловер Тейшейра Маурисио Руа билан бокс жангида тўқнаш келади 0 16:00Вакилларимиз бадиий гимнастика бўйича Осиё чемпионатида 16 та медалга сазовор бўлишди 0 15:13"Иноуэдан ўзим реванш оламан" — Абдумалик Халоков 0 14:40Ўзбекистонлик мутахассис бугун ЕЧЛ финалида фаолият олиб боради 0 14:18Белбоғли кураш. Тўрақўрғонда "Дўстлик" турнири ўтказилади 0 14:04Боксни соғиниб рингга чиқяпман — Лазизбек Мулложонов 0

15 apr 08:03
Yangiliklar

Futbol

Eron JCH-2026 ishtirokidan voz kechishi mumkinmi? Sport vaziri vaziyatga oydinlik kiritdi

Teglar :  EronJCH-2026
Eron sport vaziri Ahmad Donyamali milliy terma jamoaning bo'lajak Jahon chempionatidagi ishtiroki borasida muhim bayonot bilan chiqdi.

Vazirning so'zlariga ko'ra, jamoaning mundialga borishi mamlakatdagi vaziyat va xavfsizlik choralariga bevosita bog'liq.

"Agar sportchilarimizning xavfsizligi to'liq taminlansa, hukumat mamlakatdagi sharoitlarni hisobga olgan holda ularni Jahon chempionatiga yuborishga ruxsat beradi. Bizning vazifamiz — terma jamoaning tayyorgarligini qo'llab-quvvatlash va barcha logistika talablarini bajarishdir.

Vaziyat qanchalik barqarorlashsa, musobaqada ishtirok etish ehtimolimiz shunchalik yuqori bo'ladi. Agar keskinlik ortib borsa, biz mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib qaror qabul qilishga majbur bo'lamiz", — dedi Donyamali.

Eslatib o'tamiz, JCH-2026 shu yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksika stadionlarida bo'lib o'tadi. Eron terma jamoasining ishtiroki so'roq ostida qolayotgani haqidagi xabarlar fonida, FIFA zaxira variantlari, jumladan, Italiya ishtirokidagi maxsus turnir haqida bosh qotirayotgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing