08 mar 18:13
Yangiliklar
Futbol
Eron - Rossiya uchrashuvi tomoshabinlarsiz o'tishi mumkin
Eron va Rossiya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik bahsi bo'sh tribunalarda o'tish ehtimoli mavjud.
Bu haqda "RB Sport" xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Eron Futbol Federaciyasi muxlislarni tribunaga kiritish yoki kiritmaslik borasida yakuniy qarorga kelmagan. Stadionda muxlislar bo'lmasligi ehtimoli yuqori.
Eron va Rossiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin 23 mart kuniga belgilangan va Tehrondagi "Ozodiy" stadionida o'tkazilishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoasi Ukrainadagi voqealar tufayli xalqaro turnirlardan chetlashtirilgan.
Havola :
Fikrlar