03 mar 14:21
Yangiliklar
Boks/MMA
Ertaga hamyurtimizning shogirdi chempionlik kamarini himoya qiladi
Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Nyu-York shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangida yarim og'ir vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni bo'lib turgan rossiyalik Sergey Kovalyov hamyurti Igor Mixalkindan chempionlik kamarini himoya qiladi.
Etiborlisi, Kovalyovga o'zbekistonlik murabbiy Abror Tursunpo'latov ustozlik qilyapti. Tursunpo'latov Olimpiada chempioni Fazliddin G'oibnazarovning shaxsiy murabbiyi hisoblanadi.
Bugun tongda bokschilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Har ikkala bokschi ham belgilangan vazn limiti (79,4 kg)ni bajarishdi. Kovalyov 79,2, Mixalkin esa 78,3 kg tosh bosdi.
Havola :
Fikrlar