03 iyu 14:02
Yangiliklar

Ertaga Toshkentda WSB turnirining finali o'tkaziladi
Bu yil oltinchi mavsumi o'tkazilayotgan musobaqaning bosh mukofoti uchun Kubaning “Cuba Domadores” hamda Buyuk Britaniyaning “British Lionhearts” jamoalari ringga ko'tarilishadi.
Ushbu final uchrashuvi muhtasham “O'zbekiston” sport saroyida bo'lib o'tadi. Janglar 10ta vazn toifasida tashkil etiladi. Agar hisob tenglashib qolsa, chempion jamoa nomini aniqlan uchun qo'shimcha jang o'tkaziladi.
S1 jamoasi: 49 kg, 56 kg, 64 kg, 75 kg, 91 kg
S2 jamoasi: 52 kg, 60 kg, 69 kg, 81 kg, +91 kg
Eslatib o'tamiz, ushbu musobaqada ilk marotaba ishtirok etgan “O'zbek yo'lbarslari” jamoasi turnirning yarim finalida aynan Kuba bokschilariga Gavana shahrida o'tkaziladigan janglarda imkoniyatni boy bergan edi.
Britaniya jamoasi esa yarim finalda musobaqaning amaldagi g'olibi Qozog'istonning “Astana Arlans” jamoasidan ustun kelgandi. Bugun final ishtirokchilari o'rtasida matbuot anjumani tashkil etiladi.
Fikrlar